Mahalliy

1 oktyabrdan Toshkentda yoʻl haqi va bir oylik yoʻl chiptalari narxi oshiriladi

1 oktyabrdan Toshkentda avtobus va metro yoʻl haqi oʻzgaradi. Shu bilan birga, bir oylik yoʻl chiptalari narxi oshadi va yangi qatnov paketlari joriy etiladi. Karta yoki boshqa elektron usul bilan toʻlanganda bir martalik yoʻl haqi amaldagi 1 700 soʻm oʻrniga 2 500 soʻmni tashkil etadi. Naqd pul bilan toʻlanganda yoʻl haqi 3 000 soʻm, bagaj tashish esa 4 000 soʻm boʻladi […]

1 oktyabrdan Toshkentda avtobus va metro yoʻl haqi, shuningdek, oylik yoʻl chiptalari narxi oshadi. Bundan tashqari, yangi safar paketlari joriy etiladi.

Karta yoki boshqa elektron usulda toʻlanganda bir martalik yoʻl haqi amaldagi 1 700 soʻm oʻrniga 2 500 soʻmni tashkil etadi. Naqd pul bilan toʻlanganda yoʻl haqi 3 000 soʻm, bagaj tashish esa 4 000 soʻm boʻladi.

Avtobus uchun oylik yoʻl chiptasi 250 ming soʻm turadi. Avtobus va metro uchun aralash (kombinatsiyalangan) oylik yoʻl chiptasi esa 345 ming soʻmga tushadi.

Shuningdek, 10, 20 va 30 ta safardan iborat paketlar joriy etiladi. Ularning narxi mos ravishda 19 ming, 38,5 ming va 57,5 ming soʻmni tashkil qiladi.

Bir soat ichida boshqa transportga oʻtilganda, birinchi safar 2 500 soʻm, ikkinchisi — 1 500 soʻm boʻladi. Uchinchi va undan keyingi safarlar bepul boʻladi.

Agar yoʻnalish metrodan boshlansa, avtobusdagi keyingi ikkita safarning har biri 1 500 soʻmdan boʻladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.