1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini eʼlon qiladi.
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini bojxonada rasmiylashtirish uchun amaldagi bojxona yigʻimi stavkasi 20 foizga kamaytiriladi.
Muayyan shaxslarga umumiy belgilangan yoshdan 2 yil oldin yoshga doir pensiya tayinlash boʻyicha xizmatlar proaktiv shaklda koʻrsatiladi.
Zararli va ogʻir mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan shaxslarga, shuningdek, umumiy belgilangan yoshni qisqartirgan holda pensiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga xizmatlar koʻrsatiladi.
«LPG-Trade» MCHJ tomonidan aholiga suyultirilgan gazni xarid qilish va yetkazib berish birja orqali amalga oshiriladi.
«LPG-Trade» MCHJ ijtimoiy soha obʼyektlari uchun suyultirilgan gazni bozor tamoyillari asosida shakllanadigan birja narxlarida yetkazib beradi.
Ichki ishlar organlarining patrul-post va qoʻriqlash xizmati naryadlari «112» tizimi orqali kelib tushgan jinoyatlar haqidagi xabarlar boʻyicha nafaqat jamoat joylarida, balki yashash xonadonlarida sodir etilgan hodisa joyiga ham yetib boradi.
Ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini buzgan shaxslarga oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlarga kirish cheklanadi.
Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan tadbirkorlik subʼyektlari uchun ularning oylik isteʼmoli uchun kiritiladigan oldindan toʻlov miqdori 15 foiz darajasida belgilanadi.
SMS orqali tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) reklama qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar buni faqat abonentning yozma yoki elektron roziligini olgandan keyingina amalga oshirishlari mumkin boʻladi.
Telekommunikatsiya tarmoqlari (mobil aloqa) orqali soat 18.00 dan 09.00 gacha boʻlgan davrda reklama qoʻngʻiroqlari va xabarnomalarini tarqatish taqiqlanadi, mobil aloqa operatorlariga esa abonentning soʻroviga koʻra ular tomonidan tarqatilayotgan reklama qoʻngʻiroqlari va xabarnomalarini toʻliq yoki qisman bloklash majburiyati yuklanadi.
Tashkilotlar, shu jumladan nodavlat arxivlar, endilikda davlat arxivlariga oʻzlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Arxiv informatsion tizimi orqali taqdim etishlari shart.

