1 milliard soʻmlik «Mustaqillik-35» taʼlim granti gʻoliblari eʼlon qilindi
«Metsenat» loyihasi doirasida 1 milliard soʻmlik «Mustaqillik-35» taʼlim granti gʻoliblari aniqlandi. 15 290 ta ariza orasidan saralangan 100 nafar talabaning har biri kontrakt toʻlovi uchun 10 million soʻmdan grant oladi.

1 milliard soʻmlik «Mustaqillik-35» taʼlim granti gʻoliblari maʼlum qilindi
«Metsenat» loyihasi doirasida «Mustaqillik-35» taʼlim granti sovrindorlari aniqlandi. Unga koʻra, 100 nafar talabaning kontrakt toʻlovi uchun har biriga 10 million soʻmdan, jami 1 milliard soʻm ajratiladi. Grant 67 nafar qiz va 33 nafar yigitga berildi.
Iqtisodiyot va moliya — 26 nafar;
Filologiya va tillar — 25 nafar;
Tibbiyot — 13 nafar;
Yurisprudensiya — 13 nafar;
Texnika, IT va muhandislik — 6 nafar;
Ijtimoiy va siyosiy fanlar — 6 nafar;
Pedagogika — 5 nafar;
Tabiiy va aniq fanlar — 3 nafar;
Qishloq xoʻjaligi va biotexnologiya — 3 nafar.
Grant uchun jami 15 290 ta ariza kelib tushgan. Gʻoliblarni tanlashda talabaning oʻzlashtirish ko‘rsatkichlari, oilasining ijtimoiy holati, nogironligi, ota-onasidan ayrilganligi, jamoat ishlaridagi faolligi va erishgan yutuqlari hisobga olingan.
«Metsenat» loyihasining asosiy maqsadi — kontrakt toʻlovini amalga oshirishda qiynalayotgan, biroq iqtidor va salohiyatga ega ehtiyojmand talabalarni ixtiyoriy asosda moddiy qoʻllab-quvvatlash.

