Özbekistonning 38 ta oliygohi Osiyo reytingiga kirdi
Özbekistonning 38 ta oliy taʼlim muassasasi QS World University Rankings: Asia 2027 reytingidan joy oldi. Ulardan oltitasi Osiyodagi eng yaxşi 500 ta, ikkitasi esa 200 ta universitet qatoriga kirdi.

Oʻzbekistonning 38 ta oliygohi Osiyo reytingiga kirdi.
Oʻzbekiston oliygohlari orasida «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti yetakchi boʻldi. U Osiyo boʻyicha 113-oʻrinni, Markaziy Osiyoda esa 4-oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston Milliy universiteti Osiyo reytingida 196-oʻrinni, mintaqaviy reytingda 9-oʻrinni band etdi.
Yuqori natija qayd etgan oliygohlar qatoriga quyidagilar ham kirdi:
Samarqand davlat universiteti — 215-oʻrin;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 255-oʻrin;
Toshkent davlat texnika universiteti — 281-oʻrin.
Jami 19 ta Oʻzbekiston oliygohi reytingning dastlabki mingtaligidan joy oldi. Jumladan, yuqoridagi beshta universitetdan tashqari yana 14 ta oliy taʼlim muassasasi 469–1000-oʻrinlar oraligʻida qayd etildi. Ular orasida Namangan, Toshkent, Urganch, Qarshi, Buxoro, Fargʻona, Jizzax va Nukusdagi oliygohlar bor.
Qolgan 19 ta oliy taʼlim muassasasi 1001+ oʻrinlar toifasiga kirdi. Andijon davlat universiteti, Markaziy Osiyo universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Guliston davlat universiteti shular jumlasidan.
Vazirlikning taʼkidlashicha, natijalar mamlakat oliy taʼlim tizimidagi islohotlar, ilm-fan va taʼlim integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlik kengayib borayotganini aks ettiradi.

