Özbekistonda örtaça oylik 7,27 mln sömga yetdi. Mediana – 4,17 mln söm
2026-yil yanvar–sentabr oylarida Özbekistonda örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 7 mln 274,1 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga oşgan. Statqöm ilk marta mediana iş haqini ham eʼlon qildi: yanvar–avgust uçun eksperimental hisoblangan mediana iş haqi 4 mln 166,3 ming söm bölgan.

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik 7,27 mln so‘mga yetdi. Mediana — 4,17 mln so‘m
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlarda qishloq xo‘jaligi korxonalari va kichik tadbirkorlik subyektlari hisobga olinmagan. Ko‘rsatkichlar soliqlar chegirilmagan holda hisoblangan bo‘lib, xodimning qo‘liga tegadigan sof maoshni anglatmaydi.
Eng yuqori o‘rtacha oylik — Toshkent shahrida
Hududlar orasida Toshkent shahri 12,3 million so‘m bilan yetakchi. Keyingi o‘rinlarda Navoiy viloyati — 8,82 million so‘m va Toshkent viloyati — 6,89 million so‘m qayd etilgan.
Eng past ko‘rsatkichlar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida bo‘lib, har ikki hududda o‘rtacha oylik 5 million so‘mga yetmagan.
Yanvar–sentabr oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha nominal ish haqi:
Toshkent shahri — 12 mln 300,8 ming so‘m;
Navoiy viloyati — 8 mln 820,5 ming so‘m;
Toshkent viloyati — 6 mln 889,9 ming so‘m;
Buxoro viloyati — 5 mln 840,9 ming so‘m;
Andijon viloyati — 5 mln 765,4 ming so‘m;
Sirdaryo viloyati — 5 mln 736 ming so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5 mln 676,8 ming so‘m;
Xorazm viloyati — 5 mln 623,2 ming so‘m;
Jizzax viloyati — 5 mln 506,4 ming so‘m;
Namangan viloyati — 5 mln 395,9 ming so‘m;
Farg‘ona viloyati — 5 mln 383,3 ming so‘m;
Samarqand viloyati — 5 mln 373,4 ming so‘m;
Surxondaryo viloyati — 4 mln 988,9 ming so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 4 mln 969,7 ming so‘m.
Ish haqining eng yuqori o‘sishi Namanganda — 20,3 foiz, Jizzaxda — 19,8 foiz va Toshkent viloyatida — 19,1 foiz bo‘lgan. Samarqand viloyatida o‘sish 11,5 foizni tashkil etgan.

