Yorug‘likka sezuvchanlik, bosh og‘rig‘i va oftalmologga murojaat qilish kerakligidan darak beruvchi boshqa simptomlar

Yorug‘likka sezuvchanlik, bosh og‘rig‘i va boshqa alomatlar ko‘z shifokoriga murojaat qilish zarurligini bildiradi.
Grazia nashri ko‘rish bilan bog‘liq noqulayliklar va kamchiliklar jiddiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun qanday alomatlar kuzatilganda shifokorga murojaat qilish kerakligi haqida ma’lumot beradi.
**Kechasi mashina haydaganda ko‘rishning yomonlashishi**
Ko‘z muammolari borligining dastlabki belgilaridan biri kechasi mashina haydashda qiyinchiliklar va ko‘rish bilan bog‘liq muammolarning paydo bo‘lishidir. Bu ko‘rish qobiliyatining pasayishi, yoshga bog‘liq o‘zgarishlar yoki kataraktaning boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
**Ko‘zlarning qizarishi**
Allergiya, konyunktivit va hatto glaukoma kabi kasalliklar ko‘zlarda qizarishga sabab bo‘lishi mumkin. Agar qizarish ikki kun ichida o‘tib ketmasa, darhol oftalmologga murojaat qilish kerak.
**Yorug‘likka sezuvchanlikning ortishi**
Yorug‘likka sezuvchanlikning ortishi yallig‘lanish jarayonining boshlanishiga olib keladi. Agar o‘z vaqtida chora ko‘rilmasa, ko‘rish bilan bog‘liq jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin.
**Ko‘rishning xiralashishi**
Ko‘rishning xiralashishi bilan bog‘liq kamchiliklar ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
**Ko‘zda og‘riq paydo bo‘lishi**
Infeksiya, jarohat, quruq ko‘z sindromi, allergiya va hatto glaukoma ko‘zda og‘riq paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli, ko‘z sohasida og‘riq sezsangiz, tezda shifokor bilan maslahatlashing.
**Bosh og‘rig‘i**
Tez-tez yoki juda kuchli bosh og‘rig‘i shifokor bilan maslahatlashish uchun sababdir. Bunday holatning sabablari turli xil bo‘lishi mumkin, ammo ular orasida ko‘z kasalliklari ham mavjud. Shuning uchun nevropatologdan tashqari oftalmolog bilan ham uchrashish lozim.
**Ko‘z oldida qora dog‘lar paydo bo‘lishi**
50 yoshdan keyin bu alomat makula distrofiyasini ko‘rsatishi mumkin. Agar o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilmasangiz, ko‘rish qobiliyatingizni butunlay yo‘qotishingiz mumkin.

