Texnologiya

Yangilangan E-inspector tizimi amaliyotga joriy etiladi

Favqulodda vaziyatlar organlari davlat nazorati inspektorlari faoliyatini to‘liq raqamlashtirish maqsadida yangilangan E-inspector axborot dasturiy kompleksini respublika bo‘ylab amaliyotga joriy etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu tizim inspektorlar ishini soddalashtirish, korrupsion xatarlarni kamaytirish hamda tadbirkorlar va fuqarolar uchun qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.

**Yangilangan "E-inspector" tizimi joriy etilmoqda**

"E-inspector" axborot dasturiy majmuasi davlat nazorati inspektorlari uchun yanada qulay, sodda va takomillashtirilgan shaklda qayta ishlanib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Tizimni respublika bo‘ylab joriy etish oldidan hududlardan jalb qilingan mutaxassislar ishtirokida dastlabki o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga tizimdan amaliyotda to‘g‘ri foydalanish tartibi, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, yangi imkoniyatlar, raqamlashtirilayotgan hujjatlar, nazorat-kuzatuv ishlari, avtomatik ro‘yxatga olish hamda mahallalarni toifalarga ajratish modullari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilmoqda.

Shuningdek, mutaxassislarning taklif va mulohazalari muhokama qilinib, tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashilmoqda. O‘quv seminari davom etmoqda.

uzbekistandigitalizationregulatory oversightstate controle-inspectordigital systeminspector trainingsystem implementation