Iqtisodiyot

Yagona ariza — banklardan takliflar: Ipoteka bank OTP Group Tadbircore.uz platformasini qo‘llab-quvvatlaydi

Ipoteka bank OTP Group Markaziy bankning Tadbircore.uz raqamli moliyaviy platformasini rivojlantirish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi. U tadbirkorlar uchun moliyalashtirishga erishish jarayonini sodda va qulay qiladi.

Yagona ariza orqali bank takliflari: Ipoteka bank OTP Group Tadbircore.uz platformasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Tadbirkorlar ushbu platforma yordamida kredit olish uchun faqat bitta ariza topshirish orqali O‘zbekistonning tijorat banklaridan, shu jumladan, Ipoteka bank OTP Group’dan kelgan qulay kredit takliflarini qabul qilish va ularni o‘zaro solishtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Endilikda tadbirkorlarga har bir bankka alohida murojaat qilish shart emas. Tadbircore.uz platformasi barcha mavjud kredit shartlarini bir joyda ko‘rib chiqish, ularni taqqoslash hamda biznesni boshlash, rivojlantirish yoki kengaytirish uchun eng maqbul moliyalashtirish yechimini tanlash imkonini beradi.

Ipoteka bank OTP Group’ning mazkur platformadagi ishtiroki bankning kredit mahsulotlarini tadbirkorlar uchun yanada qulay va shaffof qiladi, shuningdek, biznesni moliyalashtirish bo‘yicha mos yechimlarni tezroq topishga yordam beradi.

Ariza topshirish va Ipoteka bank OTP Group’ning kredit takliflari bilan tanishish uchun Tadbircore.uz platformasidan foydalaning.

Reklama huquqlari asosida.

uzbekistanipoteka bank otp grouptadbircore.uzfinancial platformcredit solutionsentrepreneursbankingbusiness loans