Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim o‘yinchoqlar savdodan chiqarildi
Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim bolalar o‘yinchoqlari savdodan chiqarildi. Jizzax shahridagi savdo nuqtalaridan birida o‘tkazilgan nazorat xaridlari davomida Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim bolalar o‘yinchoqlarida xavfsizlik talablariga nomuvofiqliklar aniqlandi. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Jizzax hududiy bo‘limi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi...

Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim bolalar o‘yinchoqlari savdodan olib tashlandi.
Jizzax shahridagi savdo nuqtalarida o‘tkazilgan nazorat xaridlari davomida Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim bolalar o‘yinchoqlarida xavfsizlik talablariga mos kelmaslik holatlari aniqlangan.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Jizzax hududiy bo‘limi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida Mesh Squezee Ball savdo belgili, stressga qarshi o‘rgimchak shaklidagi yumshoq o‘yinchoqlardan namunalar olinib, laboratoriya sinovlaridan o‘tkazildi.
Sinov natijalariga ko‘ra, mazkur mahsulotlarda o‘tkir hid mavjudligi va formaldegid miqdori belgilangan me’yorlardan yuqoriligi aniqlangan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, formaldegid moddasi inson salomatligiga, xususan, nafas yo‘llari, ko‘z va teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, allergik holatlarni kuchaytirishi mumkin.
Shuningdek, tekshiruv davomida mahsulot yorliqlarida zarur ma’lumotlar davlat tilida aks ettirilmaganligi ham qayd etildi. Aniqlangan holatlar «Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament» talablariga zid deb topildi.
Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha savdo subyektlariga tegishli ko‘rsatmalar berilib, mahsulotlarni savdodan chiqarish va realizatsiyasini to‘xtatish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Avtomobil sanoatida «aqlli» ekranlar davri tugayaptimi?
Xitoyning arzon sun’iy intellekti AQShni ortda qoldirmoqda: AQSh kompaniyalari nega Xitoy AI modellariga o‘tmoqda?
Pekin – Toshkent aviareyslari haftasiga yetti martagacha oshirilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
O‘zbekiston va Belarus hududlararo hamkorligi yangi bosqichga chiqadi.
Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda nimani isbotladi?
Shavkat Mirziyoyev Qatarga tashrif buyurdi.
Qo‘shtepa masalasini Afg‘onistonga siyosiy bosim o‘tkazish orqali hal etib bo‘lmaydi – sobiq elchi.
Instagram profilingiz ochiqmi? Meta sizning rasmlaringizdan foydalanyapti!
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi.
Eron qaysi davlat rahbarlaridan qasos olmoqchi ekani ochiqlandi.
Eron besh davlatdagi AQSh bazalariga hujum qildi: tafsilotlar.
Daniyani «do‘zax qurtlari» bosmoqda — hukumat maxsus yig‘ilish o‘tkazadi.
Rossiya prezidentligiga nomzod bo‘lgan shaxs «xorijiy agent» deb topildi.
Baxtiyor Sheraliyev, biolog-ixtiolog / genetik.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 2017 yilning 27 dekabrida elektron OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Guvohnoma raqami: 156697. Muassis: «Xabar» gazetasi tahririyati. Tahririyat manzili: 100000, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy 30. Mas’ul muharrir Abdug‘ani Abdurahmonov. Elektron manzil: [email protected]. Materiallarimizdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda «Foydalanish shartlari»ga amal qilinishi shart. Barcha huquqlar O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi hamda mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda himoyalangan.
Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER bosish orqali bizga xabar bering.
Eski

