Dunyo
Xitoyda «Delfin» tayfuni sababli qariyb bir mln kishi evakuatsiya qilindi
Shanxayda 1,5 mingga yaqin aviareys bekor qilingan.

Xitoyda "Delfin" to'foni tufayli qariyb bir million kishi xavfsiz joyga ko'chirildi.
Reuters agentligining xabar berishicha, "Delfin" to'foni Xitoyning sharqiy qirg'oqlariga yetib kelgan. Eng kuchli zarba Yuyxuan shahri qirg'og'iga to'g'ri kelgani aytilmoqda. Qirg'oqning ko'p joylarida kuchli yomg'irlar yog'gan. Bo'ron markazida shamol tezligi soniyasiga 42 metrga yetgan.
To'fon sababli qirg'oqbo'yi hududlardan qariyb 1 million kishi evakuatsiya qilingan. Shanxayda esa 1,5 mingga yaqin aviareys bekor qilingan.
Avvalroq bu to'fon Yaponiyaning Okinava prefekturasiga kelgan edi. U yerda olti kishi jarohatlangan va 50 mingga yaqin aholi elektr ta'minotisiz qolgan.
evacuationnatural disasterpower outageextreme weatherchinajapantyphoon dolphinflight cancellations

