Voyaga yetmaganlarga davlat хizmatlarini koʻrsatish soddalashtirildi
Xorijga koʻchib oʻtishda toʻliq muomala layoqatini tan olish va ta’lim muassasalaridan chetlashtirish хizmatlari YaIDXP, davlat хizmatlari markazlari va "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari orqali bepul koʻrsatiladi.

Voyaga yetmaganlarga davlat xizmatlarini olish jarayoni soddalashtirildi. Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 13 iyuldagi 380-sonli qarori bilan voyaga yetmaganlarga ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi.
• Voyaga yetmagan shaxs to‘liq muomalaga layoqatli (emansipatsiya qilingan) deb hisoblanganda;
• Voyaga yetmagan shaxs chet elga doimiy yoki vaqtincha yashash uchun ketganligi sababli ta’lim muassasasidan chiqarilganda.
Fuqarolik kodeksiga muvofiq, 16 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs ota-onasi, tutingan ota-onasi yoki vasiysining roziligi bilan mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, to‘liq muomalaga layoqatli deb topilishi mumkin.
Ushbu xizmatlar YaIDXP, davlat xizmatlari markazlari yoki "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilinganda taqdim etiladi, xizmat uchun to‘lov undirilmaydi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar raqamli hukumatning idoralararo platformasining tegishli axborot tizimlari orqali olinishi lozim.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2026 yil 14 iyuldan kuchga kirdi.
footer_copyrights Sayt «NORMA» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan Manzili: O‘zbekiston, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Tallimarjon ko‘chasi, 1/1. Tel.: 78-150-11-72, Call-markaz: 1172. Bosh administrator: Mosin Konstantin Vasilyevich. Sayt materiallarini resurs ma’muriyati roziligisiz ko‘chirib olish taqiqlanadi. © «NORMA» MChJ, 2007-2026 y. Barcha huquqlar himoyalangan.
Bizning saytimizda joylashtirilgan materiallardan foydalanish shartlari
Bizning portalimizda axborotni joylashtirish.

