Iqtisodiyot

UzAuto Motors qariyb 400 mingta avtomobil sotdi, o‘rtacha narx 10,6 ming dollarga yetdi — Fitch

2025-yilda UzAuto Motors qariyb 400 mingta avtomobil sotdi, ichki bozorda bir avtomobilning o‘rtacha narxi $10 mingdan $10,6 minggacha oshdi. Kompaniya tushumi $4,1 mlrdni tashkil etdi. Fitch kompaniya davlat qo‘llab-quvvatlashiga yuqori darajada bog‘liqligini qayd etib, uning reytingini oshirdi.

UzAuto Motors qariyb 400 mingta avtomobil sotdi, o‘rtacha narx 10,6 ming dollarga yetdi — Fitch

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi UzAuto Motors avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasining kredit reytingini “BB-"dan “BB"ga oshirdi. Reyting bo‘yicha prognoz esa “barqaror” deb belgilandi.

Reytingning oshishi kompaniyaning mustaqil kredit profili “b-"dan “b"ga yaxshilangani bilan bog‘liq. Fitch buni yevrobondlarning muvaffaqiyatli qayta moliyalashtirilishi, likvidlik zaxirasi oshishi va 2026−2029-yillarda erkin pul oqimi ijobiy bo‘lishi kutilayotgani bilan izohladi.

UzAuto Motors reytingi, shuningdek, agentlikning kompaniyaning bilvosita aksiyadori bo‘lgan O‘zbekiston hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlash ehtimoli “o‘ta yuqori” deb baholanishi bilan ham ta’minlanadi. Natijada avtomobil ishlab chiqaruvchining reytingi mamlakatning suveren reytingi — “BB"ga tenglashtirildi.

2025-yil noyabr oyida UzAuto Motors 2026-yil may oyida so‘ndirilishi lozim bo‘lgan 300 mln dollarlik yevrobondlarni qayta moliyalashtirdi. Kompaniya 2030-yil noyabr oyida so‘ndiriladigan 350 mln dollarlik yangi obligatsiyalarni chiqardi.

Olingan mablag‘lar avvalgi yevrobondlar va mahalliy banklar kreditlarining bir qismini so‘ndirishga yo‘naltirildi. Fitch bahosiga ko‘ra, qayta moliyalashtirish va likvidlikning yaxshilanishi kompaniya mustaqil kredit profilining oshirilishiga asosiy omil bo‘lgan.

2025-yil yakuniga ko‘ra, UzAuto Motors`ning pul mablag‘lari hajmi bir yil avvalgi 42,8 mln dollarga nisbatan 89,5 mln dollarga yetgan. Bundan tashqari, kompaniya eksport-kredit agentligi kredit liniyasi va sindikatlashgan qarz doirasida yana 70 mln dollardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Fitch 2026−2029-yillarda UzAuto Motors likvidligi ijobiy erkin pul oqimi hisobidan qo‘llab-quvvatlanishini kutmoqda. Bunga aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojning qisqarishi, jumladan, kompaniya ilgari jismoniy shaxslarga taqdim etgan avtokreditlarning bosqichma-bosqich qaytarilishi hissa qo‘shishi kerak.

Shu bilan birga, agentlik aylanma kapitaldagi o‘zgarishlar pul oqimi va likvidlikni yomonlashtirishi mumkinligidan ogohlantirdi.

So‘nggi ikki yil davomida UzAuto Motors`ning tushumi va foydaliligi O‘zbekistonda talabning susayishi hamda kreditlash sharoitlarining yomonlashishi tufayli bosim ostida bo‘ldi.

Biroq, 2025-yilda kompaniya qariyb 400 mingta avtomobil sotdi. Ichki bozorda bitta avtomobilning o‘rtacha narxi o‘tgan yil iyul oyidagi 10 ming dollardan 10,6 ming dollargacha oshdi.

Tushum 4,1 mlrd dollarni, Fitch metodologiyasi bo‘yicha EBITDA (qarzlar bo‘yicha foizlar, soliqlar va amortizatsiya hisobga olinmasdan kompaniyaning asosiy faoliyatidan olingan foyda) esa 355 mln dollarni tashkil etdi. Har ikki ko‘rsatkich agentlik prognozlaridan — mos ravishda 3,7 mlrd va 307 mln dollardan yuqori bo‘ldi.

Shu bilan birga, erkin pul oqimi manfiyligicha qolib, minus 52 mln dollarni tashkil etdi. Buning asosiy sababi jismoniy shaxslarning ularga berilgan avtokreditlar bo‘yicha qarzdorligi oshgani bo‘ldi.

Fitch 2026-yildan boshlab qarzdorlik qaytarilishi va UzAuto Motors aholiga avtomobil xaridini to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish amaliyotidan voz kechishi ortidan pul oqimi ijobiy bo‘lishini kutmoqda.

Fitch`ning bazaviy prognoziga ko‘

o‘zbekistonuzauto motorsfitch ratingsavtomobil sotuvlarikredit reytingiyevrobondlarlikvidlikiqtisodiy prognoz