Urushlar, og‘ir qarz yuklari, valutalar zaiflashuvi, tengsizlik va azob – Guterrish bugungi dunyo haqida nutq so‘zladi.
BMTning Nyu Yorkdagi bosh qarorgohida yuqori darajadagi siyosiy forumning yalpi sessiyasida bosh kotib dunyoning hozirgi ahvoli haqida chiqish qildi..

Urushlar, og‘ir qarzlar, valutalarning zaiflashuvi, tengsizlik va azob-uqubatlar – BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bugungi kunda dunyoning ahvoli haqida fikr bildirdi. Nyu Yorkdagi BMT bosh qarorgohida o‘tkazilgan yuqori darajadagi siyosiy forumning yalpi sessiyasida u 15 daqiqalik nutqida urushlarni to‘xtatishga faqat bir marta chaqirdi. Rivojlanayotgan mamlakatlar og‘ir qarzlar, valutalarning zaiflashuvi, cheklangan fiskal imkoniyatlar va kreditlash xarajatlarining oshishi tufayli tashkilot rejalarini amalga oshirishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotganini ta’kidladi.
7 iyuldan buyon BMT bosh qarorgohida yuqori darajadagi siyosiy forum o‘tkazilmoqda. Unda a’zo davlatlardan delegatsiyalar, hukumat a’zolari va tashkilotdagi missiyalar vakillari ishtirok etmoqda. Forumning asosiy mavzusi – 2030 yilgacha belgilangan barqaror rivojlanish maqsadlari va ularning amalga oshirilishi. Tashkilotga ko‘ra, tuzilgan rejalar jiddiy to‘siqlarga duch kelgan va ularning yarmini amalga oshirish imkoni yo‘q.
13 iyul kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish forum yalpi sessiyasida bugungi dunyoga nazar tashladi. U o‘z nutqida, "O‘tgan 10 yil ichida biz jiddiy to‘siqlarga duch keldik, lekin ba’zi yutuqlarga ham erishdik. Masalan, onalar va bolalar o‘limi darajasi pasaydi, ijtimoiy himoya kuchaydi, toza ichimlik suvi va sanitariya, elektr energiyasi, internetdan foydalanish imkoniyatlari kengaydi", dedi.
Guterrish, "Afsuski, biz eng qiyin davrdamiz. Mojarolar ko‘paymoqda, tengsizlik eng oliy hokimiyatlarni qamrab oldi. Millionlab odamlar uzoq davom etadigan azob-uqubatlar, beqarorlik va ko‘chmanchilik girdobida qolmoqda", deya ta’kidladi.
Bosh kotibning qo‘shimcha qilishicha, rivojlanayotgan mamlakatlar og‘ir qarzlar, valutalarning zaiflashuvi, investitsiyalar yetishmasligi, kreditlash xarajatlarining oshishi va cheklangan fiskal imkoniyatlar tufayli moliyaviy muammolar bilan yuzma-yuz kelmoqda.
Antoniu Guterrish 15 daqiqalik chiqishida urushlarni, jumladan, G‘azo, Livan va Fors ko‘rfazidagi o‘t ochishlarni to‘xtatishga faqat bir marta chaqirdi. Yaqin Sharqdagi mojaro tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasini ishdan chiqarish bilan birga, yoqilg‘i, o‘g‘itlar va oziq-ovqat narxlarining keskin oshishiga olib keldi, global savdo, transport va turizmni izdan chiqardi, dedi u.
Shuningdek, bosh kotib davlatlardan xalqaro huquqqa muvofiq milliy navigatsiya huquqlari va erkinliklaridan foydalanishni hurmat qilishni so‘radi.
BMTning 2026 yilgi hisobotiga ko‘ra, 2030 yilgacha belgilangan maqsadlarning atigi 36 foizi o‘z maromida bormoqda. Hozirgi kunga qadar erishilgan yutuqlarga qaramay, dunyoda taxminan 2,2 milliard kishi xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan, 3,5 milliard kishi esa normal sanitariya talablari asosida suv ichmaydi.
Guterrishning qo‘shimcha qilishicha, dunyo ketma-ket 11-yil issiq davrni boshdan kechirmoqda. Agar iqlim o‘zgarishi 1,5 darajadan pastda ushlanmasa, 2 darajadan o‘tib ketsa, oqibatlari og‘ir bo‘ladi.
Global muammolardan yana biri – uy-joy inqirozi va boshpanasizlik. Davlatlar aqlli, chidamli va xavfsiz shaharlarni qurish majburiyatini ham olishi kerak.
BMT bosh kot

