Tramp Seutadagi vaziyatni «dahshatli» deb atadi
Migratsiyaga qarshi kurashni o‘z prezidentligining asosiy vazifalaridan biriga aylantirgan Tramp amerikaliklarni agar demokratlar kongress ustidan nazoratni qo‘lga kiritishsa, «ular yaxshi yashamasligi» haqida ogohlantirdi.

Tramp Seutadagi holatni "dahshatli" deb baholadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Marokashdan Ispaniyaning Seuta shahriga o‘n minglab muhojirlar kirib kelganidan keyin yuzaga kelgan vaziyatni "dahshatli" deb ta’rifladi.
"Bu dahshatli", — dedi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
"Bu kadrlarni yodda tuting. Agar boshqa tomon g‘alaba qozonsa, uch yildan keyin biz ham xuddi shunday vaziyatga tushib qolamiz", — deya qo‘shimcha qildi Tramp noyabr oyida AQShda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarni nazarda tutib.
Migratsiyaga qarshi kurashni o‘z prezidentligining asosiy vazifalaridan biriga aylantirgan Tramp amerikaliklarni, agar demokratlar Kongress ustidan nazoratni qo‘lga kiritsalar, "ular yaxshi yashamasligi" haqida ogohlantirdi.
Mahalliy OAVlarning yozishicha, Oq uydagilar Seutadagi voqealarga "ultraso‘l globalistik siyosat" olib borayotganlarni javobgar deb bilmoqda.
Ispaniya hukumati rahbari Pedro Sanches esa "odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi mafiyaviy guruhlar"ni ayblagan.
Ispaniya ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Ispaniyaga noqonuniy yo‘l bilan kirib kelgan 37 mingdan ortiq kishi Marokashga qaytarilgan.

