Mahalliy

Toshkentda daydi itlar uchun ixtisoslashtirilgan boshpana tashkil etiladi

Qayd etilishicha, bu orqali jonivorlarni xavfsiz va insonparvar usulda tutish, veterinariya ko‘rigidan o‘tkazish, emlash, sterillash, davolash, vaqtincha saqlash, shuningdek, ular uchun yangi egalar topishni o‘z ichiga olgan yaxlit tizim yaratiladi.

Toshkentda uy hayvonlari uchun maxsus boshpana ochiladi.

Toshkent shahar hokimi apparati rahbari Sh. Mamajonov, zoohimoyachi, "Hayot" qarovsiz itlar boshpanasi asoschisi, deputat I. Matkarimova, obodonlashtirish sohasi va qarovsiz jonivorlarni tutish xizmati rahbarlari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda poytaxtda daydi itlar uchun ixtisoslashtirilgan boshpana tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Ta'kidlanishicha, bu orqali jonivorlarni xavfsiz va insonparvar usulda tutish, veterinariya ko‘rigidan o‘tkazish, emlash, sterillash, davolash, vaqtincha saqlash, shuningdek, ular uchun yangi egalar topishni o‘z ichiga olgan yaxlit tizim yaratiladi.

"Loyihani amalga oshirish yuzasidan keyingi qadamlar belgilab olindi. Bu ishga soha mutaxassislari, veterinar shifokorlar, jamoatchilik va ko‘ngillilar hamjamiyati vakillari jalb etiladi", deyiladi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabarida.

urban developmentstray dogsveterinary careanimal shelteranimal adoptionpublic involvementtashkentanimal welfare