Toshkentda bolalar muntazam qiynab kelingan bog‘cha litsenziyasi bekor qilindi.
Sud Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Rayyan Kids Land” oilaviy korxonasiga nisbatan litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini qanoatlantirdi. Ushbu oilaviy korxonaga qarashli Rayyan Kids bog‘chasida tarbiyachi bolalarni turli xil usullarda, hatto og‘ziga latta tiqib qiynagani aniqlangandi. Tarbiyachining bu harakatlari kuzatuv kameralariga tushib qolgan..

Toshkentda bolalar muntazam ravishda qiynalgan bog‘cha litsenziyasi bekor qilindi. Sud Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Rayyan Kids Land” oilaviy korxonasiga nisbatan litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini qanoatlantirdi. Ushbu oilaviy korxonaga tegishli Rayyan Kids bog‘chasida tarbiyachi bolalarni turli usullar bilan, hatto og‘ziga latta tiqib qiynagani aniqlangan. Tarbiyachining bu harakatlari kuzatuv kameralariga tushib qolgan.
Uchtepa tumanidagi Rayyan Kids bog‘chasiga berilgan litsenziya bekor qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Rayyan Kids Land” oilaviy korxonasiga nisbatan litsenziyani bekor qilishga oid ariza ko‘rib chiqilgan.
Muhokama yakunida sudning hal qiluvchi qarori bilan oilaviy korxonaga nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun 2025 yil 13 avgustda berilgan litsenziya bekor qilindi. Raislik qiluvchi sud hujjati mazmuni va unga nisbatan shikoyat qilish tartibi hamda muddatlarini tushuntirdi.
Shuningdek, Kun.uz’ning aniqlashicha, Rayyan Kids bog‘chasi tarbiyachisi G.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Uchtepa tuman sudining 2026 yil 3 iyuldagi ajrimi bilan unga uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Avvalroq ushbu bog‘cha tarbiyachisi bolalarni turli usullarda qiynab kelgani aniqlangan edi. U hatto yig‘layotgan bola og‘ziga latta tiqib, uni qiynagan. Kun.uz’ga intervyu bergan ota-onalar bog‘chada bolalarga igna sanchib qiynash holatlari ham bo‘lganini aytishgan.

