Toshkent xalqaro intellektual forumlarga mezbonlik qiladi
2026-yil 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S. Tadjiev hamda Singapurning nufuzli “Singapur xalqaro mahorat musobaqalari markazi” (Singapore International Mastery Contests Centre (SIMCC)) kompaniyasi prezidenti Genri Ong o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Toshkent xalqaro intellektual tadbirlarga mezbonlik qiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —
2026-yil 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S. Tadjiev va Singapurning obro‘li “Singapore International Mastery Contests Centre (SIMCC)” kompaniyasi prezidenti Genri Ong o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida 2026-yil dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan “STEAM AHEAD Global Finals – 2026” xalqaro final olimpiadasi hamda “Young Achievers Leadership Academy” yoshlar yetakchiligi akademiyasi dasturini yuqori darajada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu xalqaro tadbirlar ikki hafta davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan 3 mingdan ziyod iqtidorli o‘quvchilar, yetakchi pedagoglar, xalqaro hakamlar va rasmiy delegatsiyalar vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.

