Iqtisodiyot

Toshkent xalqaro aeroporti va UzAirways yarim yilda qancha soliq to‘ladi?

2026-yilning 6 oyi mobaynida xizmat ko‘rsatish kompaniyalari to‘lagan soliqlar miqdori ma’lum qilindi

Toshkent xalqaro aeroporti va UzAirways yarim yilda qancha soliq to‘ladi?

Soliq qo‘mitasining xabar berishicha, 2026-yilning birinchi yarmida xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi 163 932 ta yuridik shaxs tomonidan jami 23,5 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

Ushbu umumiy summaning 4,67 trillion so‘mi, ya’ni 19,8 foizi eng yirik 20 ta soliq to‘lovchi korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur korxonalarning tovar aylanmasi 41 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ular foydalangan soliq imtiyozlari 2,85 trillion so‘mga teng bo‘lgan.

Eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ro‘yxati quyidagicha:

* «O‘ZBEKTELEKOM» AJ — 837,9 milliard so‘m;

* «Asia Trans Gas» MChJ — 726,1 milliard so‘m;

* «Uzbekistan Airways» AJ — 440,1 milliard so‘m;

* «Paynet» AJ — 276,9 milliard so‘m;

* «Unitel» MChJ XK — 271,5 milliard so‘m;

* Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti — 196,6 milliard so‘m.

Soliq tushumlarining tarkibi quyidagicha:

* Foyda solig‘i — 1,50 trillion so‘m;

* QQS — 1,45 trillion so‘m;

* Ijtimoiy soliq — 635 milliard so‘m;

* JShODS — 605,4 milliard so‘m;

* Mol-mulk solig‘i — 147,1 milliard so‘m;

* Aylanmadan olinadigan soliq — 121,7 milliard so‘m;

* Yer solig‘i — 65,7 milliard so‘m.

uzbekistanstate budgettax revenueeconomytaxescorporate taxtop taxpayersfinancial report