Mahalliy

Toshkent viloyatida teplovoz va to‘rtta sisterna izdan chiqdi

Toshkent viloyatida Ohangaron stansiyasi yaqinida manyovr teplovozi va to‘rtta sisterna relsdan chiqib ketdi. Hodisada jabrlanganlar yo‘q.

Toshkent viloyatida teplovoz va to‘rtta sisterna relsdan chiqib ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 28-iyul kuni Toshkent viloyatining Ohangaron stansiyasi yaqinidagi "Olmaliq AKMK" hududiga kiruvchi temir yo‘l yo‘lida manevr teplovozi hamda to‘rtta sisterna vagoni relsdan chiqib ketdi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ma’lum qildi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu temir yo‘l "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ infratuzilmasiga kirmaydi va "Olmaliq AKMK"ga tegishli hududda joylashgan.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" mutaxassislarining ko‘rsatmasi asosida vagonlar shu kunning o‘zida relsga qaytarildi.

Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan va atrof-muhitga zarar yetkazilmagan.

almalyk mmcuzbekistan railwaystashkent regionno injuriesenvironmental safetyindustrial accidenttrain derailmentohangaron station