Mahalliy

Toshkent qurilish ishlari hajmi bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi

2026 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 192 trln so‘mga yetdi. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi.

Toshkent qurilish faoliyati bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylari davomida O‘zbekistonda amalga oshirilgan qurilish ishlari umumiy hajmi 192,0 trillion so‘mga yetdi.

Ushbu davrda Toshkent shahri 61,2 trillion so‘mlik qurilish ishlari bilan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etib, yetakchilikni qo‘ldan boy bermadi. Ikkinchi o‘rinni 18,8 trillion so‘m bilan Toshkent viloyati egallagan bo‘lsa, Farg‘ona viloyati 12,1 trillion so‘m bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Eng ko‘p qurilish ishlari bajarilgan hududlar beshligiga, shuningdek, 10,7 trillion so‘mlik ko‘rsatkich bilan Buxoro viloyati va 9,9 trillion so‘m bilan Samarqand viloyati ham kirdi.

Qashqadaryo viloyatida qurilish ishlari hajmi 9,4 trillion so‘mni, Andijon viloyatida 9,0 trillion so‘mni, Navoiy viloyatida 8,6 trillion so‘mni, Xorazm viloyatida 8,5 trillion so‘mni, Namangan viloyatida esa 8,4 trillion so‘mni tashkil etdi.

Hisobot davrida Surxondaryo viloyatida 7,9 trillion so‘mlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6,6 trillion so‘mlik, Jizzax viloyatida 4,8 trillion so‘mlik, Sirdaryo viloyatida esa 3,7 trillion so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

uzbekistanregional developmenteconomic statisticsstatistics committeeinfrastructuretashkentinvestmentconstruction