Layfstayl

Test: “Dunyoning ishlari” va “Ikki eshik orasi” kabi asarlarni qanchalik yaxshi bilasiz?

“Bahor qaytmaydi”, “Nur borki, soya bor” hamda “Qalbingga quloq sol” singari qissa va romanlar muallifi O‘tkir Hoshimov tavalludiga 5-avgustda 85 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq yozuvchisining asarlari asosida test tayyorladi.

Test: "Dunyoning ishlari" va "Ikki eshik orasi" asarlarini qay darajada bilasiz?

O‘tkir Hoshimov 1941-yil 5-avgustda Toshkent shahrida tavallud topgan. U 1964-yilda Toshkent Davlat universitetining (hozirgi Milliy universitet) jurnalistika bo‘limini tamomlagan. Adib o‘z mehnat faoliyatini 1959−1960-yillarda "Temiryo‘lchi" gazetasida boshlagan. Keyinchalik, 1966−1982-yillarda "Toshkent oqshomi" gazetasida, 1982−1985-yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishlagan. 1985−1995-yillarda "Sharq yulduzi" jurnalining bosh muharriri, 1995−2005-yillarda esa Oliy Majlisning Matbuot va axborot qo‘mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Yozuvchining ilk asari — "Po‘lat chavandozlar" nomli ocherklar to‘plami 1962-yilda nashr etilgan. Uning birinchi qissasi — "Cho‘l havosi" 1964-yilda, "Odamlar nima derkin" qissasi esa bir yildan so‘ng chop etilgan. 1973−1993-yillar oralig‘ida O‘tkir Hoshimov "Qalbingga quloq sol", "Ikki karra ikki-besh", "Dunyoning ishlari" qissalarini hamda "Nur borki, soya bor", "Ikki eshik orasi" va "Tushda kechgan umrlar" romanlarini yaratgan. "Bahor qaytmaydi" qissasi 1972-yilda suratga olingan shu nomli filmga asos bo‘lgan.

Ernest Xeminguey, Konstantin Simonov kabi yozuvchilarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan O‘tkir Hoshimov "To‘ylar muborak", "Sizdan ugina, bizdan bugina", "Inson sadoqati", "Qatag‘on" kabi pesalarning ham muallifidir.

"El-yurt hurmati" ordeni sohibi 2013-yil 24-mayda vafot etgan.

Ushbu sana munosabati bilan Gazeta ijodkor qalamiga mansub asarlar asosida test tayyorladi.

uzbek literaturejournalismo'tkir hoshimovliterary quizuzbek writers"dunyoning ishlari""ikki eshik orasi"uzbek authors