Texnologiya

Telegram’ga tegishli t.me domeni ishlamay qoldi. Domen hozirda registrator va reyestr darajasida to‘liq bloklangan

Telegram’ga tegishli t.me domeni hozirda ishlamayapti. Ushbu domen registrator va reyestr darajasida to‘liq bloklangan. Whois domen nomlarini qidirish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, t.me domeni .me domenlar reyestri ma’muriyati tomonidan DNS hududidan butunlay o‘chirib tashlangan. Bu haqda “RIA Novosti” agentligi xabar berdi.

Agentlik muxbirining so‘zlariga ko‘ra, t.me qisqa havolalari oddiy brauzerlarda ochilmayapti.

Whois servisi ma’lumotlariga ko‘ra, domen haqidagi ma’lumot 13-iyulda yangilangan. Hozirda domen registrator va reyestr darajasida to‘liq bloklangan. Shuningdek, portalga ko‘ra, t.me domenining statuslaridan biri — serverHold. ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers) hujjatlarida qayd etilishicha, bu status domen reyestri operatori tomonidan o‘rnatilib, domenning DNS’dan chiqarib tashlanganini bildiradi. TelegramInfo kanalining ma’lum qilishicha, messenjerning mobil va desktop ilovalarida havolalarga bosish ishlaydi va o‘tishlar muammosiz amalga oshiriladi. Tashqi resurslarga joylashtirish uchun vaqtinchalik muqobil sifatida telegram.me havolalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

t.metelegramdomenblokirovkadnsicannhavolalarmuqobil