Texnologiya

Sun’iy intellekt bolalar ertaklarida ayol obrazlaridan deyarli foydalanmayapti

Sun'iy intellekt bolalar ertaklarida ayol qahramonlarni deyarli ishlatmayapti.

Vashington universiteti Axborot maktabi olimlari Imani Finkli va Melani Uolsh boshchiligida neyrotarmoqlar tomonidan yaratilgan 24 mingga yaqin hayvonlar haqidagi bolalar ertaklari tahlil qilindi. Tadqiqotda OpenAI’ning GPT–5.1, Google’ning Gemini 2.5, Anthropic’ning Claude Sonnet 4.5 kabi yetakchi sun'iy intellekt modellari, shuningdek, Olmo 3 ochiq manbali modeli sinovdan o‘tkazildi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, gender noxolisligining oldini olish maqsadida yaratilgan algoritmlar kutilmagan teskari ta’sir ko‘rsatgan. Holatlarning 57 foizida hayvonlarga jinsi noaniq bo‘lgan "u" olmoshi qo‘llanilgan, qahramonlarning 41 foizi erkak jinsli, atigi 2 foizi esa ayol jinsli bo‘lib chiqqan. Shu bilan birga, Gemini 2.5 va GPT–5.1 modellari ko‘proq erkak qahramonlarni yaratgan (mos ravishda hikoyalarning 63% va 65% ida).

Tadqiqotchilar ushbu tajribani algoritmlar uchun o‘ziga xos "Bekdel testi" sifatida qo‘lladilar. Ish mualliflarining fikricha, dasturchilarning betaraflikka erishishga urinishi noxolislikni bartaraf etmay, aksincha, bolalar ertaklaridan ayol qahramonlarning deyarli yo‘q qilinishiga olib kelgan.

gender biaschildren's storieslarge language modelsfemale representationalgorithmsairesearchopenai