Siyosat

Shaхsga doir ma’lumotlar himoyasini qaysi davlatlar ta’minlaydi

Vazirlar Mahkamasi shaхsga doir ma’lumotlarning bir хil himoya qilinishini ta’minlovchi 49 ta chet davlat roʻyхatini tasdiqladi. Ma’lumotlarni transchegaraviy oʻtkazish tartibi belgilandi, ularni boshqa mamlakatlarga oʻtkazishda talablar oʻrnatildi hamda shaхsga doir ma’lumotlar sizib chiqqanligi haqida majburiy хabardor qilish muddatlari joriy etilmoqda.

Qaysi davlatlar shaxsiy maʼlumotlar himoyasini taʼminlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 415-sonli “Shaxsga doir maʼlumotlar bir xil himoya qilinishini taʼminlovchi chet davlatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

2019-yil 2-iyuldagi OʻRQ-547-sonli “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, ushbu hujjat bilan shaxsga doir maʼlumotlar bir xil himoya qilinishini taʼminlovchi 49 ta chet davlat roʻyxati tasdiqlandi.

Qayd etish joizki, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Uch oy ichida “Shaxsga doir maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlashda jismoniy shaxslarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Konvensiyaga (Strasburg, 1981-yil 28-yanvar) qoʻshilish hamda Oʻzbekistonni chet davlatlarning shaxsga doir maʼlumotlar himoya qilinishini taʼminlovchi davlatlar roʻyxatiga kiritish rejalashtirilgan.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 2026-yil 3-avgustdan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova

uzbekistangovernment decreedata privacypersonal data protectioninternational data transferdata protection lawstate personalization centerstrasbourg convention