Sport

Shaxmat. O‘zbekiston terma jamoasi AQSHga mag‘lub bo‘ldi

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi AQSHga yutqazdi.

AQSHning Mayami shahrida tashkil etilgan WR Chess Rapid & Blitz Miami 2026 super-matchi yakunlandi.

Ikki kun davom etgan qizg‘in va murosasiz bahslar natijasida dunyoning birinchi raqamli jamoasi bo‘lgan AQSH g‘alaba qozondi.

Terma jamoalar rapid va blits yo‘nalishlarida kuch sinashdilar. Natijalar quyidagicha:

Rapid: AQSH 5 — 3 O‘zbekiston

Blits: AQSH 9 — 7 O‘zbekiston

Umumiy hisobda AQSH 14 ochko to‘plagan bo‘lsa, O‘zbekiston 10 ochko bilan cheklandi.

Turnirda O‘zbekiston sharafini Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Muhiddin Madaminov, Nodirbek Yakubboyev va Shamsiddin Vohidov himoya qildilar.

AQSH jamoasi tarkibida esa Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, Uesli So va Levon Aronyan ishtirok etishdi.

o‘zbekistonaqshhikaru nakamurashaxmatjavohir sindorovwr chess rapid & blitz miamirapidblits