Sport

Shaxmat. Oʻzbekiston terma jamoasi FIDE reytingida bir pogʻona yuqoriladi

Shaxmat. Oʻzbekiston terma jamoasi FIDE reytingida bir pogʻona yuqoriladi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) avgust oyi uchun federatsiyalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi bir pog‘ona yuqorilab, 8-oʻrindan joy oldi.

Terma jamoamizning Top-10 shaxmatchilari oʻrtacha reytingi 2626 ni tashkil etdi.

Terma jamoalar reytingini AQSH boshqarib turibdi. Hidiston terma jamoasi 2-o‘rinni egallagan. 3-pog‘onadan Xitoy joy olgan.

Avvalroq, FIDE iyul oyi yakunlariga ko‘ra dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ro‘yxatini e’lon qilgandi. Kuchli 100 talik ro‘yxatda O‘zbekistondan 5 nafar grossmeyster o‘rin olgani e’tiborga molik.

Foto: Fide.com

O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi bo‘lib turgan Javohir Sindorov 2777 ochko bilan Jahon reytingida 4-o‘rinni band etdi. Nodirbek Abdusattorovning hisobida esa 2762 ochko mavjud bo‘lib, u FIDE reytingida 8-pog‘onadan joy oldi.

Kuchli 100 talikdagi yana uch nafar o‘zbekistonlik grossmeysterning o‘rinlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

Nodirbek Yoqubboyev — 2685 ochko (39-o‘rin);

Rustam Qosimjonov — 2665 ochko (52-o‘rin);

Shamsiddin Vohidov — 2655 ochko (61-o‘rin).

uzbekistanfide rankinggrandmastersinternational chess federationsportsjavokhir sindarovnodirbek abdusattorovchess