Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponota shahriga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga keldi. Davlat rahbarini Cho‘lponota shahridagi «Issiqko‘l» xalqaro aeroportida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponota shahriga yetib keldi.

Rasmiy kutib olish marosimida O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat bayroqlari hilpirab, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif davomida ikki mamlakat rahbarlari muzokaralar o‘tkazib, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qiladilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvida ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.

o‘zbekistonshavkat mirziyoyevstrategik sheriklikqirg‘izistonozarboyjonmarkaziy osiyocho‘lponotamaslahat uchrashuvi