Sport

Samarqand 200 ga yaqin davlat shaxmatchilarini qabul qiladi

Joriy yilning 15–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) 46-Jahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqada dunyoning 200 ga yaqin milliy terma jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda.

Samarqand 200 ga yaqin mamlakat shaxmatchilarini qabul qilishga tayyorlanmoqda.

Bahraynning Alayam gazetasi xabariga ko‘ra, Markaziy Osiyo tarixida ilk bor O‘zbekiston Jahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi. Ushbu nufuzli musobaqa Samarqanddagi "Ipak yo‘li" xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadi va bu mamlakatning yirik xalqaro sport tadbirlarini o‘tkazish salohiyatini yana bir bor isbotlaydi.

Nashrda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning shaxmat sohasidagi muvaffaqiyatlari Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va shaxmatni ommalashtirishga qaratilgan uzoq muddatli siyosatning natijasidir. Bu siyosat xalqaro miqyosda raqobatlasha oladigan yangi avlod shaxmatchilarini yetishtirishga xizmat qilmoqda.

Maqolada qayd etilishicha, Shaxmat olimpiadasi 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan eng yirik xalqaro sport tadbirlaridan biridir. Bundan tashqari, kuzda Toshkentda suv sport turlari bo‘yicha Jahon kubogi va stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionati, noyabr oyida esa sambo hamda dzyudo bo‘yicha jahon chempionatlari ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

sport tadbirlarixalqaro musobaqalarsamarqandsportshaxmato‘zbekistonshaxmat olimpiadasitoshkent