Siyosat

Rossiyada Human Righs Foundation faoliyati taqiqlandi

Rossiya Bosh prokuraturasi AQShda tashkil etilgan Human Righs Foundation (HRF) faoliyatini mamlakat hududida «noma’qbul» deb e’lon qildi. Idora bunga fondning Rossiyani to‘liq avtoritar davlat sifatida baholagan loyihasi hamda armiya haqidagi materiallarini sabab sifatida ko‘rsatdi.

Rossiya Bosh prokuraturasi 2005-yilda AQShda tashkil etilgan Human Rights Foundation (HRF) tashkilotining Rossiya Federatsiyasi hududidagi faoliyatini "nomaqbul" deb e'lon qildi.

Prokuratura tomonidan ma'lum qilinishicha, ushbu qarorga sabab bo'lgan omillardan biri fondning "Tyranny Tracker" deb nomlangan interaktiv loyihasi bo'lib, unda davlatlarning demokratik qadriyatlarga rioya etish darajasi baholanadi. Mazkur xaritada Rossiya to'liq avtoritar davlat sifatida ko'rsatilgan.

Bundan tashqari, Rossiya Bosh prokuraturasi HRF Rossiya Qurolli kuchlarini "obro'sizlantiruvchi" ma'lumotlarni tarqatayotganini va ilgari Rossiyada "nomaqbul" deb topilgan boshqa tashkilotlarni qo'llab-quvvatlayotganini ta'kidladi.

Human Rights Foundation butun dunyo bo'ylab inson huquqlarini himoya qilish va targ'ib qilishga qaratilgan xalqaro notijorat tashkilotdir.

2024-yildan boshlab fondga rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya rahbarlik qilmoqda. U bu lavozimda shaxmat bo'yicha jahon chempioni va muxolifatchi siyosatchi Garri Kasparovning o'rnini egallagan.

censorshipfreedom of speechhuman rights foundationbanyulia navalnayagarry kasparovrussiaauthoritarianism