Mahalliy

Qashqadaryoda tulki tirnagan shaxs vafoti bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryoda tulki tirnagan shaxsning vafoti bo‘yicha yangi ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Qashqadaryoning Kitob tumani "Varganza" mahallasida tulki bolasi tirnagan 47 yoshli fuqaro vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Marhumning yaqinlari uning quturishdan emas, balki boshqa bir kasallikdan vafot etganini ma'lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mahallada bir oilaning uch nafar a'zosi quturish kasalligiga chalingani, ulardan biri vafot etgani va hududda vaziyatning og‘irlashgani haqida xabarlar tarqaldi. Ba'zi foydalanuvchilar sayyohlarga "Varganza"ga bormaslik haqida ogohlantirishlar tarqatdi. O‘zA voqea joyiga borib, mahalliy aholi, mutasaddilar va tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdi va holatni aniqlashtirdi.

Ma'lum bo‘lishicha, vafot etgan shaxs ayol bo‘lgan. Uning opasi aytishicha, singlisi avval qon bosimi yuqoriligi bilan davolangan va insult tufayli tanasining bir qismi falajlangan. Shifokorlar bir oy muqaddam tulki bolasi qo‘lini tirnagani haqida ma'lumot olgach, quturish kasalligi ehtimolini ham ko‘rib chiqqan.

"Singlim oxirgi kunlarigacha ovqat ham yedi, suv ham ichdi. Quturish kasalligiga xos alomatlarni ko‘rmadik. Shuning uchun asossiz xabarlar tarqatilishi oilamiz uchun yana bir og‘ir zarba bo‘ldi," dedi u.

Ijtimoiy tarmoqlarda mahallaga kirish-chiqish taqiqlangani haqidagi xabarlarga mahalla raisi Hakim Mirzayev qat'iy rad javob berdi. Uning ta'kidlashicha, hududda hech qanday karantin yoki cheklov choralari joriy etilmagan. Tog‘li hudud bo‘lgani uchun atrofda tulki, bo‘ri va boshqa yovvoyi hayvonlar uchrashini, shuning uchun quturish kasalligiga qarshi profilaktika ishlari doimiy ravishda olib borilishini ham qayd etdi.

Tarmoqlarda eng ko‘p tarqalgan audioyozuv muallifi sifatida tilga olingan Kitob tumani 4-poliklinikasi mudiri Mahmud Uzoqov ham vaziyatga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, audio xabar aholi uchun emas, balki tibbiyot xodimlari uchun ichki xizmat topshirig‘i sifatida yuborilgan.

"Bu yuqumli kasalliklar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat yig‘inidan keyin xodimlarni yanada ogoh bo‘lishga chaqirish maqsadida berilgan topshiriq edi. U yerda faqat quturish emas, botulizm va ichak infeksiyalari haqida ham gapirilgan. Kimdir uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan. Maqsadimiz aholi orasida vahima uyg‘otish emas edi," dedi u.

Kitob tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari Anvar Hasanovning ma'lum qilishicha, marhuma 10-iyul kuni qon bosimi ko‘tarilgani bois shifoxonaga murojaat qilgan. Suhbat davomida uning bir oy avval tulki bolasi tirnaganini aytgani sababli shifokorlarda xavfli infeksiyaga gumon paydo bo‘lgan. Biroq bemor bir sutkadan keyin vafot etgan va o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Profilaktika maqsadida uning oila a'zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, vaksinatsiya qilingan.

Ayrim tibbiyot xodimlari ehtimoliy xavfni inobatga olgan holda profilaktik choralarni kuchaytirishni maqsad qilgan, ammo bu ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinib, aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqargan.

Quturish — virusli kasallik bo‘lib, kasal hay

ijtimoiy tarmoqlarvafotquturishqashqadaryoxavftibbiyottulkiprofilaktika