Prezident Bekoboddagi mahallalarda bo‘lib, sharoitlar bilar tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi davomida «Xos yoz» kanali bo‘yi va Do‘stlik mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bir paytlar e’tibordan chetda qolgan, qarovsiz va tartibsiz bo‘lgan «Xos yoz» kanalining bo‘yi bugun shaharning eng go‘zal go‘shasiga aylandi. Endilikda mahallalar yaqinida barcha qulayliklarga ega zamonaviy...
Prezident Bekoboddagi mahallalarda sharoitlar bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi davomida «Xos yoz» kanali bo‘yi va Do‘stlik mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Avval e’tibordan chetda qolgan, qarovsiz va tartibsiz bo‘lgan «Xos yoz» kanalining bo‘yi bugun shaharning eng go‘zal joylaridan biriga aylandi. Endilikda mahallalar yaqinida barcha qulayliklarga ega zamonaviy ekologik makon yaratilgan.
Hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha master-reja doirasida 3 kilometr uzunlikda maxsus piyodalar yo‘lagi va 5,4 kilometrlik mustahkam to‘siqlar qurildi, 2 ta ko‘prik qad rostladi. Shuningdek, loyiha natijasida sohil bo‘yida 27 ta yangi savdo va zamonaviy xizmat ko‘rsatish obyekti tashkil etilib, 167 ta yangi doimiy ish o‘rni yaratildi.
Davlatimiz rahbari bu yerda sport bilan shug‘ullanayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.
Do‘stlik mahallasi hududi hozir 28 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 33 ta ko‘p qavatli uy, xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti, futbol maydoni, 16 ta sport va bolalar maydonchasi hamda kutubxona mavjud.
Joriy yilda tadbirkorlar tomonidan 1,1 milliard so‘m investitsiya kiritilib, 10 ta xizmat ko‘rsatish obyekti va 1 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi tashkil etildi. Natijada 25 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan «Vatanparvar bog‘i» ham barpo qilindi. Unda harbiy texnika namunalari o‘rnatilib, xizmat ko‘rsatish obyektlari qurildi.
«Tashabbusli budjet» mablag‘lari hisobidan mahalla hududida Bekobod shahri muzeyi tashkil etildi. Mahallada nuroniylar va mehnat faxriylarining dam olishi, uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish uchun yog‘och konstruksiyali yozgi shiypon qad rostladi.
Davlatimiz rahbari mahalladagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirib, aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mahalla faollari va mehnat faxriylari bilan samimiy muloqot qildi.
– Barcha amalga oshirayotgan ishlarimiz, barpo etilayotgan obyektlarimiz va loyihalarimiz, avvalo, aholiga xizmat qilishi, insonlar hayotini yaxshilashi kerak. Odamlar o‘z mahallasida, shahrida kechayotgan o‘zgarishlarni his qilishi, ularning samarasini kundalik hayotida ko‘rishi kerak.
Har safar hududlarga kelganimizda insonlar Yangi O‘zbekiston islohotlarining nafasini, uning yangilanish va taraqqiyot shabodasini his etishi zarur. Bekobod shahri ham o‘zining mehnatkash va fidoyi aholisi, iqtidorli yoshlari, hayot tajribasiga ega nuroniylari bilan yanada obod va taraqqiy etgan maskanga aylanishi kerak.
Biz yoshlarimizning orzu intilishlari, nuroniylarimizning ezgu niyat va maqsadlari ro‘yobga chiqishi uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etamiz, – dedi Prezidentimiz.
Shu bilan Prezidentning Bekobodga safari yakunlandi va davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.
«O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki» tashkil etiladi
O‘zbekistonda metallurgiya sohasining «aql markazi» belgilandi
Shavkat Mirziyoyev Bekobodda yig‘ilish o‘tkazmoqda
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Instagram profilingiz ochiqmi? Meta sizning rasmlaringizdan foydalanyapti!
Avtomobil sanoatida «aqlli» ekranlar davri tugayaptimi?
Manba: Mirziyoyev Qatardagi ta’ziya marosimida ishtirok

