Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati Xitoyning Sichuan provinsiyasida namoyish etildi

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi tomonidan Sichuan provinsiyasi maʼmuriy markazi – Chendu shahrida mamlakatimizning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Oʻzbekistonning investitsiya imkoniyatlari Xitoyning Sichuan viloyatida namoyish etildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi tomonidan Sichuan viloyatining ma'muriy markazi – Chendu shahrida mamlakatimizning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sichuan Davlat aktivlarini nazorat qilish va boshqarish qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda mazkur viloyatning vazirlik va idoralari, yetakchi kompaniyalari, tarmoq uyushmalari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot davomida O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari, xorijiy investorlar uchun yaratilgan jozibador sharoitlar, maxsus iqtisodiy va sanoat zonalaridagi istiqbolli loyihalar haqida batafsil ma'lumot berildi.

O‘zbekiston hududlari va Sichuan viloyati o‘rtasida savdo, investitsiya, infratuzilma, logistika, energetika, sanoat va boshqa sohalardagi hamkorlikning kengayib borayotgani ta'kidlandi.

Tadbir yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli xalqaro anjumanlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.

hamkorlikxitoyo‘zbekistonsichuaniqtisodiy salohiyattaqdimotsavdoinvestitsiya