Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Polsha konchilik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

2026-yil 27-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova Polsha Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Muvaqqat ishlar vakili Marian Pjezdecki bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbekiston va Polsha konchilik sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar.

Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 27-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari F. Hamidova Polsha Respublikasining Oʻzbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Marian Pjezdecki bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar geologiya va togʻ-kon sanoati sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, geologik qidiruv ishlarini olib borish va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash masalalari boʻyicha fikr almashdilar.

Muzokaralar davomida joriy yilning 9–11-sentabr kunlari Polshaning Katovitse shahrida boʻlib oʻtadigan “Future Mining Forum & Expo” xalqaro togʻ-kon sanoati forumi hamda Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilgan “GEOMIN-2026” xalqaro forumi muhokama qilindi. Har ikki tomon ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida geologiya va togʻ-kon sanoati sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni faollashtirish va istiqbolli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha muloqotni davom ettirishga kelishib olindi. Shuningdek, joriy yilda Polsha togʻ-kon kompaniyalari delegatsiyasining Oʻzbekistonga rejalashtirilgan tashrifi doirasida vazirlik rahbariyati bilan alohida uchrashuv tashkil etish masalasi ham koʻrib chiqildi.

uzbekistaninternational forumsbilateral cooperationminingbusiness delegationpolandgeologyinvestment