Siyosat

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya konsullik hamkorligini muhokama qilishdi

Toshkentda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi konsullik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlarning to‘rtinchi davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya konsullik hamkorligini muhokama qildilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Dunyo” AA muxbirining xabar berishicha, Toshkent shahrida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlarning to‘rtinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.

TIV ma’lumotlariga ko‘ra, delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev va Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lim Sang Vu rahbarlik qildilar.

Muzokaralar davomida tomonlar konsullik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Tomonlar O‘zbekiston va Koreya Respublikasi fuqarolarining har ikki davlat hududidagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, vakolatli organlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Maslahatlashuvlarning muhim yo‘nalishlaridan biri mobillik va migratsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘ldi. Tomonlar tashkillashtirilgan va xavfsiz mehnat mobilligi mexanizmlarini takomillashtirish, migratsiyaning qonuniy yo‘llarini kengaytirish, noqonuniy migratsiya darajasini kamaytirishga qaratilgan qo‘shma choralarni amalga oshirish, shuningdek, Koreya Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar uchun munosib yashash va mehnat sharoitlari hamda ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida ikki davlat konsullik xizmatlari o‘rtasidagi muntazam muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirish, mazkur yo‘nalishdagi shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish, shuningdek, ushbu maslahatlashuvlar mexanizmini yanada faollashtirishga kelishib olindi.

uzbekistansouth koreadiplomacybilateral relationsforeign policylabor migrationconsular cooperationmigration