Oʻzbekiston Prezidenti Qatarga yetib keldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni Qatarning sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirish uchun Dohaga keldi.

Oʻzbekiston Prezidenti Qatarga tashrif buyurdi.
14-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatarning sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan taʼziya bildirish uchun Dohaga keldi.
Hamad xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qatar Bosh vaziri oʻrinbosari va mudofaa vaziri Shayx Saud bin Abdulrahmon Ol Soniy va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif davomida Qatar Davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv rejalashtirilgan.
Hamad bin Xalifa Ol Soniy Qatarni 1995-yildan 2013-yilgacha boshqargan. 2013-yilda u hokimiyatni oʻgʻli, hozirgi amir Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga topshirdi. Qatarning sobiq amiri 12-iyul kuni 74 yoshida vafot etdi. Uning vafoti munosabati bilan mamlakatda toʻrt kunlik milliy motam eʼlon qilindi.

