O‘zbekistonning barcha hududlarida ko‘chalar va yashil maydonlarga suv sepish ishlari kuchaytirildi
Jazirama tufayli O‘zbekistonning barcha hududlarida ko‘chalar, daraxt va boshqa yashil maydonlarga suv sepish ishlari kuchaytirildi. Tadbirlar namlikning bug‘lanishi eng kam bo‘lgan ertalabki, kechki va tungi soatlarda amalga oshirilmoqda. Avvalroq xuddi shunday chora-tadbirlar Toshkent shahrida ham joriy etilgan edi.

O‘zbekistonning barcha hududlarida ko‘chalar va yashil maydonlarga suv sepish ishlari kuchaytirildi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi bu haqda ma’lum qildi.
Ushbu chora-tadbirlar mamlakatga anomal issiq havo massalarining kirib kelishi va havo haroratining +44…+46 darajagacha ko‘tarilishi munosabati bilan amalga oshirilmoqda.
Sug‘orish ishlari namlikning bug‘lanishi eng kam bo‘lgan tong, kechki va tungi soatlarda olib borilmoqda, deb ta’kidladi idora.
Shuningdek, yuqori haroratning aholiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida maxsus texnikalar yordamida shahar ko‘chalari va jamoat joylariga suv sepish tashkil etildi.
Qo‘mita Andijon, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa viloyatlarda olib borilayotgan ishlardan fotosuratlarni e’lon qildi.
O‘zgidromet avvalroq 13−17-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimi kirib kelishi kutilayotganini ogohlantirgandi. Kunduzi havo harorati +41…+43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida esa +44…+46 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Issiq ob-havo sharoitida Toshkentda joriy hafta boshidan markaziy ko‘chalar va daraxtlarga suv sepish boshlandi, favvoralar esa uzluksiz ish rejimiga o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, shuningdek, Navoiy viloyatining ayrim tumanlarida bolalar bog‘chalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, Surxondaryo viloyatida esa kunduzi yuk mashinalari harakati cheklangan.
Sahifada xato topdingizmi? Ctrl+Enter tugmalarni bosing.
Saytdagi xabarlardan foydalanish uchun «Gazeta»ning yozma roziligi olinishi shart.
Elektron OAV guvohnomasi: №209073. Berilgan sanasi: 2024-yil 19-yanvar.
Muassis: «Gazeta News» MChJ.
Bosh muharrir: Umarov Davlat Sulaymonovich.
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26A.
Elektron manzil: [email protected].
Rahmat. Sizning xatingizni oldik va yaqin vaqt ichida kamchilikni to‘g‘irlaymiz.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting.

