Texnologiya

O‘zbekistonliklar ChatGPTdan ko‘ra Claudega ko‘p pul sarflashmoqda

Yurtdoshlarimiz olti oyda Claude (Antrophic)ga 53 mlrd so‘m, ChatGPT (Open AI)ga 47 mlrd so‘mga yaqin

O‘zbekiston aholisi sun’iy intellekt xizmatlari uchun ChatGPT’dan ko‘ra Claude’ga ko‘proq mablag‘ sarflamoqda.

Soliq qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida o‘zbekistonlik foydalanuvchilar Antrophic kompaniyasining Claude modeliga 53 milliard so‘m, Open AI kompaniyasining ChatGPT modeliga esa qariyb 47 milliard so‘m miqdorida to‘lovlarni amalga oshirganlar.

O‘zbekistondan eng ko‘p daromad olgan texnologiya gigantlari Apple, Google va Meta hisoblanadi (infografikaga qarang).

Shu bilan birga, o‘tgan olti oy davomida Netflix va Amazon kompaniyalari soliq to‘lovchilarning eng yaxshi o‘ntaligiga kirmagan.

Qayd etish joizki, onlayn videoo‘yin xizmatlari QQS to‘lovlariga sezilarli hissa qo‘sha boshlagan.

Umuman olganda, xorijiy kompaniyalar olti oy ichida 1,2 trillion so‘mlik onlayn xizmatlar ko‘rsatib, qariyb 144 milliard so‘m QQS to‘laganlar. Taqqoslash uchun, 2025-yilda 1 trillion 482 milliard so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan bo‘lib, to‘langan QQS miqdori 181,3 milliard so‘mni tashkil etgan edi.

Hozirda 97 ta xorijiy kompaniya O‘zbekistonda QQS to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

foreign companiesuzbekistanai spendingclaudechatgptvatdigital servicestechnology