Iqtisodiyot

O‘zbekistonga eng ko‘p manzarali baliqlar Tailanddan import qilindi

5 oyda mamlakatga 122,9 ming dollarlik manzarali tirik baliq import qilindi

Milliy statistika qo‘mitasining xabar berishicha, 2026-yilning yanvaridan mayigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston xorijdan jami 122,9 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan tirik manzarali baliqlarni import qildi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 44,2 foizga o‘sgan. Ushbu importning katta qismi Tailanddan amalga oshirilgan bo‘lib, bu mamlakatdan 86,4 ming dollarlik manzarali baliqlar olib kelingan.

Ikkinchi o‘rinda Indoneziya turadi, undan 18,7 ming dollarlik tirik manzarali baliqlar import qilingan.

Keyingi o‘rinlarni Hindiston va Malayziya egallagan. Hindistondan 8,2 ming dollarlik, Malayziyadan esa 5,1 ming dollarlik mahsulotlar yetkazib berilgan.

Bundan tashqari, Xitoydan 3,4 ming dollarlik, Keniyadan esa 1,2 ming dollarlik tirik manzarali baliqlar import qilingan.

indonesiamalaysiauzbekistankenyafish importsthailandchinaindia