Mahalliy

O‘zbekistonda doktoranturaga qabullar soni ortmoqda

2025-yilda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimidagi raqamlarda o‘sish tendensiyasi qayd etildi

O‘zbekistonda doktoranturaga qabul qilish ko‘rsatkichlari o‘sib bormoqda.

2025-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda tayanch doktoranturaga ega tashkilotlar soni 165 taga yetdi. Bu 2024-yilga nisbatan 19 taga yoki 13 foizga ko‘proqdir. Shu bilan birga, tayanch doktoranturaga qabul qilinganlar soni 4 ming 159 nafarni tashkil etib, bir yil ichida 324 nafarga oshdi.

Yil oxiriga kelib tayanch doktoranturada tahsil olayotganlar soni 8 ming 326 nafarga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 334 nafarga yoki 4,2 foizga ko‘pdir. Tayanch doktoranturani bitirganlar soni ham o‘sib, 2 ming 256 nafarni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 22 nafarga yuqori bo‘ldi.

Hududlar kesimida tayanch doktoranturaga ega tashkilotlar eng ko‘p Toshkent shahrida — 84 ta, Toshkent viloyatida — 17 ta va Samarqand viloyatida — 14 ta qayd etildi. Eng kam ko‘rsatkich Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida kuzatildi.

Tayanch doktoranturaga qabul bo‘yicha ham Toshkent shahri yetakchilik qildi. Poytaxtda 1 ming 682 nafar doktorant qabul qilingan bo‘lsa, Samarqand viloyatida bu ko‘rsatkich 386 nafarni, Namangan viloyatida esa 330 nafarni tashkil etdi.

Yil yakuniga ko‘ra, tayanch doktoranturada tahsil olayotganlar soni bo‘yicha Toshkent shahri 2 ming 842 nafar bilan birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda Buxoro viloyati — 831 nafar va Samarqand viloyati — 825 nafar bilan qayd etildi.

Tayanch doktoranturani bitirganlar soni bo‘yicha ham Toshkent shahri yetakchi bo‘lib, 772 nafar bitiruvchiga ega bo‘ldi. Samarqand viloyatida 295 nafar, Namanganda esa 217 nafar doktorant o‘qishni yakunladi.

2025-yilda doktoranturaga ega tashkilotlar soni 124 taga yetdi. Bu bir yilda 24 foizga oshgan. Doktoranturaga qabul qilinganlar soni 604 nafarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 23,3 foizga ko‘paydi. Yil yakuniga kelib doktorantlar soni 1 ming 309 nafarga yetgan bo‘lsa, bitiruvchilar soni aksincha 252 nafarni tashkil etib, 3,8 foizga kamaydi.

uzbekistantashkentregional dataenrollment growthdoctoral studiespostgraduate educationhigher education statisticsgraduation rates