O‘zbekistonda Bolalar farovonligi indeksi ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda bolalarning hayot sifati va huquqlarini baholashga xizmat qiladigan Bolalar farovonligi indeksi joriy etiladi.

O‘zbekistonda bolalar hayoti sifati va huquqlarini baholashga qaratilgan yangi tizim – Bolalar farovonligi indeksi joriy etiladi.
Bu tashabbus "Inson huquqlari – 2030" strategiyasi doirasida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, Bolalar ombudsmani, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2027-yil 1-aprelga qadar ushbu indeksni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi lozim.
Mazkur indeksni joriy etishdan asosiy maqsad mamlakatda "Bolaning eng yaxshi manfaatlari" tamoyilini amalda qo‘llash hamda bolalar farovonligi darajasini muntazam baholash mexanizmlarini yaratishdan iborat.

