Mahalliy

O‘zbekistonda 2025-yilda korrupsiya sabab 7517 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi

O‘tgan yilda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar eng ko‘p Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etilgan. Sohalar kesimida esa bu ko‘rsatkich maktabgacha va maktab ta’limi (580 nafar), mahalliy hokimliklar (497 nafar), sog‘liqni saqlash tashkilotlari (404 nafar), tijorat banklari (245 nafar) hamda oliy ta’lim muassasalarida (161 nafar) ko‘proq kuzatilgan.

O‘zbekistonda 2025-yilda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar tufayli 7517 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu ma’lumotni senator Abduhakim Eshmurodov 8-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Senatning yalpi majlisida e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, yil davomida korrupsiyaviy harakatlar natijasida davlat manfaatlariga 2,9 trillion so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan.

Senatorning so‘zlariga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar soni bo‘yicha Andijon viloyati (946 nafar) yetakchilik qilgan. Undan keyingi o‘rinlarni Toshkent (793 nafar), Qashqadaryo (745 nafar), Samarqand (709 nafar) va Namangan (509 nafar) viloyatlari egallagan.

Sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda, korrupsiya holatlari eng ko‘p maktabgacha va maktab ta’limi (580 nafar), mahalliy hokimliklar (497 nafar), sog‘liqni saqlash tashkilotlari (404 nafar), tijorat banklari (245 nafar) hamda oliy ta’lim muassasalarida (161 nafar) qayd etilgan.

uzbekistanregional crimesectoral crimeeducation corruptioncriminal liabilityhealthcare corruptioncorruptioncrime statistics