Mahalliy

O‘zbekiston va Qirg‘iziston transport vazirlari “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi bilan tanishadi

Vazirlar Qirg‘iziston hududida tunnellar, ko‘priklar va boshqa infratuzilma ob’yektlarini qurish masalalarini ko‘rib chiqib, ishlarni bajarish sur’atlari va kelgusidagi vazifalarni muhokama qiladi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston transport vazirlari “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishini ko‘zdan kechiradi.

Joriy yilning 28–29-iyul kunlari O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov va Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Talantbek Soltoboyev Qirg‘iziston hududida barpo etilayotgan “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘lining asosiy inshootlariga borib, qurilish jarayoni bilan tanishadi.

“Kabar” axborot agentligining xabar berishicha, tashrif davomida tomonlar Qirg‘iziston hududida tunnellar, ko‘priklar va boshqa infratuzilma ob’yektlarini qurish masalalarini muhokama qilib, ish sur’atlari va kelgusi vazifalarni belgilab oladi.

Vazirlar, shuningdek, qurilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan fikr almashadi.

Agentlikning ta’kidlashicha, “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘l loyihasi strategik ahamiyatga ega bo‘lib, uch davlat o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash, tranzit imkoniyatlarini kengaytirish va yangi xalqaro transport yo‘lagini yaratishga qaratilgan.

infratuzilmaxitoy-qirg‘iziston-o‘zbekiston temir yo‘litransport vazirlariqurilish ishlaristrategik loyihaxalqaro transport yo‘lagitranzit imkoniyatlarimintaqaviy hamkorlik