Mahalliy

Oʻzbekiston yer osti suvlarini oʻrganish boʻyicha hamkorlikni kengaytiradi

Joriy yilning 29-iyul kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari R. Yusupov Mintaqalararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbekiston yer osti suvlarini tadqiq etish boʻyicha hamkorlikni kengaytirmoqda.

Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) —

Joriy yilning 29-iyul kuni Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari R. Yusupov Mintaqalararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralarda "Oʻzbekgidrogeologiya" DM va "GIDROINGEO instituti" DM mutaxassislari ham ishtirok etdi. Tomonlar Oʻzbekistonda yer osti suvlaridan oqilona foydalanish va ularni himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar natijalarini koʻrib chiqdilar. Shuningdek, Markaziy Osiyoda suv resurslarini barqaror boshqarish, iqlim oʻzgarishiga moslashish hamda transchegaraviy suv resurslari boʻyicha amalga oshirilayotgan xalqaro va grant loyihalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Mintaqalararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasi oʻrtasida Anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Ushbu hujjat transchegaraviy yer osti suv qatlamlarini oʻrganish, NEXUS (suv–energiya–yer) yondashuvi doirasida geotermal manbalarni rivojlantirish, yer osti suvlari monitoringi tizimini avtomatlashtirish, shuningdek, xalqaro suv diplomatiyasi va suv huquqi yoʻnalishida gidrogeolog mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.

uzbekistaninternational cooperationwater managementclimate changewater resourceshydrogeologymemorandum of understandinggroundwater