Mahalliy

Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni farmatsevtika loyihalarini muhokama qilishdi

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Saudiya Arabistoni Qirolligi delegatsiyasi tarkibida mamlakatning yetakchi sog‘liqni saqlash tashkilotlari - "The Health Holding Company" (HHC) hamda "The National Unified Procurement Company" (NUPCO) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.  

Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi.

Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Saudiya Arabistoni Qirolligi delegatsiyasi aʼzolari, xususan, mamlakatning yetakchi sogʻliqni saqlash tashkilotlari – "The Health Holding Company" (HHC) va "The National Unified Procurement Company" (NUPCO) vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda tibbiyot va farmatsevtika sohalarini modernizatsiya qilish, "BioPharma City" farmatsevtika klasteri doirasidagi loyihalar, investitsiya muhitini yanada yaxshilash hamda xorijiy kompaniyalar ishtirokida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, tomonlar farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirini takomillashtirish, davlat xaridlari tizimiga ilgʻor yondashuvlarni joriy etish, texnologiyalar transferi, logistika, investitsiyalarni jalb qilish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

"The Health Holding Company" (HHC) Saudiya Arabistonining "Vision 2030" strategiyasi doirasida sogʻliqni saqlash tizimini transformatsiya qilishda muhim rol oʻynaydigan davlat kompaniyasi hisoblanadi. "The National Unified Procurement Company" (NUPCO) esa dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnologiyalarni markazlashgan tarzda xarid qilish hamda ularning uzluksiz taʼminotini taʼminlashga ixtisoslashgan yetakchi davlat operatoridir.

o‘zbekistonfarmatsevtikainvestitsiyalarsaudiya arabistonisog'liqni saqlashbiopharma citytexnologiyalar transferidavlat xaridlari