Siyosat

Oʻzbekiston va Rossiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarni rivojlantirish maqsadida Moskva shahrida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Botir Kudratxodjayev hamda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari politsiya general-polkovnigi Andrey Xrapov boshchiligidagi sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston va Rossiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida Moskva shahrida tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari general-mayor Botir Kudratxodjayev hamda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari politsiya general-polkovnigi Andrey Xrapov boshchiligidagi sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv davomida ikki davlat oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, transmilliy jinoyatlarga qarshi samarali choralar koʻrish hamda ushbu yoʻnalishlarda kadrlar malakasini oshirish borasidagi amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda vazirliklar oʻrtasida oʻzaro axborot almashinuvini yana-da kuchaytirish va zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalangan holda tezkor tadbirlarni muvofiqlashtirish zarurligi qayd etildi.

Ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida tomonlar ushbu tadbir idoralararo munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish va oʻzaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi.

Shundan soʻng, delegatsiya Oʻzbekiston fuqarolari koʻp tashrif buyuradigan Rossiya Federatsiyasi IIVning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari boʻyicha bosh boshqarmalariga tashrif buyurib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jinoyatchilikni oldini olish masalalari yuzasidan fikr almashib, tegishli boʻlinmalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

transmilliy jinoyatlarkadrlar malakasihamkorliko‘zbekistonichki ishlar vazirligirossiyajamoat xavfsizligijinoyatchilikka qarshi kurash