Oʻzbekiston va Malayziya qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Malayziyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rafidah Abd Aziz, Malayziya Palma yog‘i kengashi (MPOC) bosh direktori Belvender Sron hamda Malayziya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston va Malayziya qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xoʻjaligi vazirligida vazir oʻrinbosari Qahramon Yuldashev Malayziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rafidah Abd Aziz, Malayziya Palma yogʻi kengashi (MPOC) bosh direktori Belvender Sron hamda Malayziya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasida qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, yogʻ-moy sanoatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar sohada ilgʻor tajribalarni oʻrganish, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, qoʻshilgan qiymat zanjirini kengaytirish va istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligini taʼkidladilar.
Ushbu uchrashuv Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Food Safety & Innovation: Palm Oil Solutions for Central Asia” xalqaro forumi doirasida tashkil etildi.

