Mahalliy

Oʻzbekiston va Loong Air aviakompaniyalari aviareyslarni kengaytirishni muhokama qilishdi

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Xitoy Xalq Respublikasining “Loong Air” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbekiston va Loong Air aviakompaniyasi reyslar sonini oshirishni muhokama qildi

Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Xitoy Xalq Respublikasining “Loong Air” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralar davomida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi turizm va fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Hozirda “Loong Air” aviakompaniyasi Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi havo qatnovlarini faol rivojlantirib, Sian – Toshkent, Chendu – Toshkent hamda Sian – Samarqand yoʻnalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.

Tomonlar Xitoy Oʻzbekiston uchun eng muhim tashqi turistik bozorlardan biri ekanini taʼkidladilar. Soʻnggi yillarda Xitoydan Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimi barqaror oʻsib bormoqda. Xususan, 2025-yilda mamlakatimizga 278,9 ming nafardan ortiq xitoylik sayyoh tashrif buyurgan boʻlsa, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida ushbu koʻrsatkich 223,5 ming nafarga yetdi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi havo qatnovlari geografiyasini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, “Loong Air” aviakompaniyasining mavjud aviaqatnovlar sonini koʻpaytirish hamda boshqa shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini birgalikda oʻrganish, shuningdek, ikki tomonlama turizm oqimini oshirish maqsadida qoʻshma marketing va reklama kampaniyalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

uzbekistancooperationtourismloong airchinaaviationair travelmarketing