Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Hindiston yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

3-avgust kuni Nyu-Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Hindiston Savdo va sanoat vaziri Piyush Goyal, FICCI va Invest India rahbariyati, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat 100 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashgan Hindiston–O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.  

Oʻzbekiston va Hindiston yangi sarmoyaviy loyihalarni koʻrib chiqdilar.

Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) —

3-avgust kuni Nyu-Dehlida Hindiston-Oʻzbekiston biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Hindiston Savdo va sanoat vaziri Piyush Goyal, FICCI va Invest India rahbariyati, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat 100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Tomonlar savdo aloqalarini kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini oshirish masalalarini muhokama qildilar. Oʻtgan yil yakunlariga koʻra, oʻzaro savdo hajmi 30 foizga oʻsib, birinchi marta 1,3 milliard AQSH dollaridan oshdi. Tomonlar savdo aylanmasini 2 milliard AQSH dollariga yetkazish maqsadini tasdiqladilar.

Shu nuqtai nazardan, bozorlarga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, tartib-taomillarni soddalashtirish va maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shu maqsadda Savdoga koʻmaklashish boʻyicha anglashuv memorandumini birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.

Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida metallurgiya, togʻ-kon va kimyo sanoati, energetika, raqamli infratuzilma, farmatsevtika, mashinasozlik va agrosanoat majmuasi belgilandi. Qoʻshma loyihalar portfeli 5 milliard AQSH dollaridan oshadi.

Forum yakunida oʻtkazilgan B2B va G2B uchrashuvlari ishbilarmon doiralar vakillariga aniq tashabbuslarni muhokama qilish va ularni amaliy amalga oshirish boʻyicha keyingi qadamlarni belgilash imkonini berdi.

o‘zbekistoninvestitsiyaiqtisodiyothamkorliksavdobiznes-forumhindistonloyihalar