Mahalliy

Oʻzbekiston Konstitutsiyaviy sud orqali huquqlarni himoya qilishni kengaytirmoqchi

Majlisda “Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlarini Konstitutsiyaviy sud tomonidan himoya qilinishining takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Oʻzbekiston Konstitutsiyaviy sud orqali huquqlarni himoya qilish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Toshkent, Oʻzbekiston (UzDaily.uz) —

Yigʻilishda “Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlarini Konstitutsiyaviy sud tomonidan himoya qilinishining takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasiga koʻra, sudlar tashabbusi bilan Oliy sud tomonidan muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi masalasi yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat kiritilganda tegishli ish yurituvini toʻxtatish belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Konstitutsiyaviy sud muayyan ishda qoʻllanilgan qonunni Konstitutsiyaga zid deb topgan taqdirda sud hujjatlarini qayta koʻrib chiqishning alohida protsessual asosini belgilash koʻzda tutilmoqda. Konstitutsiyaviy sud qarorlari asosida sud ishlarini qayta koʻrish va ish yuritishni qaytadan boshlash tartibi aniq belgilab berilmoqda.

Muhokamalar davomida deputatlar taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi sud amaliyotida huquqiy aniqlikni taʼminlaydi, buzilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni tiklash imkoniyatlarini kengaytiradi hamda ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etadi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda maʼqullandi.

konstitutsiyaviy sudhuquqlarni himoya qilishsud amaliyotihuquqiy aniqlikbyurokratik to'siqlarqonunchiliko‘zbekistonqonun loyihasi