Mobil internet foydalanuvchilari soni 4,3 barobarga oshdi
O‘zbekistonda mobil internet abonentlari soni 33,3 millionga yetdi. 2015 yilga nisbatan foydalanuvchilar soni 4,3 barobarga oshgan.

Mobil internetdan foydalanuvchilar soni 4,3 barobarga ko‘paydi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda mobil aloqa orqali internetga ulangan abonentlar soni 33,3 millionga yetdi.
Bu ko‘rsatkich 2015-yilga nisbatan 25,5 million nafarga, ya’ni 4,3 barobarga oshgan. O‘n yil avval mobil internet foydalanuvchilari soni 7,8 million abonentni tashkil etgan edi.
Mobil internet foydalanuvchilari soni ushbu davr mobaynida muntazam ravishda o‘sib borgan. Xususan, 2016-yilda abonentlar soni 9 millionga, 2017-yilda 10,3 millionga, 2018-yilda 12,7 millionga, 2019-yilda esa 15,7 millionga yetgan.
2020-yilda mobil internet xizmatlaridan 17,9 million abonent foydalangan. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich yanada oshib, 2021-yilda 21 millionga, 2022-yilda 24 millionga, 2023-yilda 27,1 millionga, 2024-yilda esa 29,2 millionga yetgan.
Natijada, 2026-yil boshiga kelib, mobil internet abonentlari soni 33,3 millionni tashkil etdi.

